Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, Bog’ot tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo’yicha 2024-yilning o’tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati