DataLife Engine / Sayyor qabul

Sayyor qabul

Bugun Bog‘ot tumani markazidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda 32 nafar fuqaroning turli masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari soha mutaxassislari ishtirokida oʻrganilib, qonuniy hal qilish, amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrildi. Shuningdek, zarur hollarda fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

22-08-2024, 14:11
Вернуться назад