DataLife Engine / Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi

Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi

Viloyat prokurori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi O‘ktamboy Abdullayev tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda bog‘otlik yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda yoshlar tomonidan taʼlim olish, kasb-hunar oʻrganish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif va tashabbuslar bildirildi. Jumladan, yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanishlari uchun subsidiya ajratish hamda bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovlariga yordam berish yuzasidan qilingan murojaatlar oʻrganilib, amaliy yordam berish chora-tadbirlari belgilandi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan sektor rahbarlari mazkur muloqotdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning huquqiy salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini tinglash va ijobiy hal etish ekanligini alohida ta’kidladilar.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
21-08-2024, 14:15
Вернуться назад