Xorazm viloyati prokuraturasi hamda Bog‘ot tumani hokimligi hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tuman markazidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida sport musobaqalari, zakovat bahslari, yosh musavvirlar tanlovi hamda boshqa kompleks tadbirlar va tanlovlar tashkil etildi. Kun yakunida o‘tkazilgan tanlov va sport musobaqalarida faol qatnashib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati