DataLife Engine / Hashar — elga yarashar!

Hashar — elga yarashar!


Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Xabaringiz bor, joriy yilning 24-25-avgust kunlari yurtimiz bo'ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o`tkazilishi belgilangan. Shu maqsadda bugun erta tongdan Bog’ot tumanidagi barcha markaziy ko`chalar, tashkilotlarda, mahallalar, yo`l bo`ylari, qabristonlarda hashar ishlari boshlab yuborildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

25-08-2024, 19:17
Вернуться назад