Bog‘ot tumanidagi “Amfiteatr” maydonida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov tuman ahlini eng ulugʻ, eng aziz ayyom - mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy tabriklab, hududda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar samarasi, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqida toʻxtaldi. Tantanalar el sevgan sanʼat ustalarining katta gala-konserti va teatrlashtirilgan tomosha chiqishlari bilan ishtirokchilarga zavqli onlarni hadya etgan boʻlsa, yakunda porlagan mushaklar osmonni turfa ranglarga toʻldirib, bayram shukuhiga shukuh bagʻishladi. Tumanimiz bo‘ylab bayram shodiyonalari davom etmoqda. Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz eldoshlar!
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati