DataLife Engine / Sayyor qabul

Sayyor qabul


Aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolariga oqilona yechim topish maqsadida joylarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning sayyor qabullari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi Mehnatguli mahallasidagi 25-son maktabda tashkil etildi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman 1-sektor rahbariga tumanning turli hududlaridan kelgan 12 nafar fuqaro turli ijtimoiy masalalarda murojaat qilishdi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi. Ma’lumot uchun, aholi muammolarini eshitish va ularni hal qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har haftaning payshanba kuni tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

29-08-2024, 19:34
Вернуться назад