DataLife Engine / “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi

“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi



Tuman hokimi Jahongir Nazarov “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi raisi Rustam Sultonov bilan birgalikda Ashxobod mahallasida yashovchi uzoq yillar davomida jamiyatning turli sohalarida elga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan 76 yoshli Abdulla ota Iskandarovning xonadonida boʻlib, unga Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini topshirdilar.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

30-08-2024, 16:35
Вернуться назад