DataLife Engine / Yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Yangi ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi


Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Oq tepa mahallasida 40 ta xonadonga mo‘ljallangan 2 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Har bir xonadon zamonaviy isitish tizimi, sovuq va issiq suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlangan. Yangi uylarning foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov yangi xonadon sohiblarini ko‘rkam zamonaviy uylarga ko‘chishgani hamda vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
1-09-2024, 12:18
Вернуться назад