DataLife Engine / Yoshlar bandligini ta'minlash

Yoshlar bandligini ta'minlash


Xorazm viloyati prokuraturasi hamda Bog‘ot tumani hokimligi hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tuman markazidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida sport musobaqalari, zakovat bahslari, yosh musavvirlar tanlovi hamda boshqa kompleks tadbirlar va tanlovlar tashkil etildi. Kun bo‘yi davom etgan tadbirlar doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, tadbirkorlik yo‘nalishida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida ochiq muloqot hamda sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularga zamonaviy bilimlar berish va iqtidorini rivojlantirish masalalari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini ta’kidladilar.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati


22-08-2024, 12:52
Вернуться назад