Bugun Bog‘ot tumani hokimligida migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida tumandagi idora va tashkilot rahbarlari, jurnalist va blogerlar hamda keng jamoatchilik uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida migratsiyadan qaytib kelgan fuqarolar, umuman ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati