DataLife Engine / Uchqun Quronboyev — Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi

Uchqun Quronboyev — Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi


Bogʻotlik sportchi Uchqun Quronboyev ayni kunlarda Parijda davom etayotgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida para-dzyudo boʻyicha erkaklar oʻrtasida -73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu munosabati bilan tuman hokimi Jahongir Nazarov sektor rahbarlari bilan birgalikda sportchining xonadonida bo‘lib, Uchqunbekning ota-onasini, oila aʼzolarini gʻalaba bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi sportchining oila a’zolari bilan suhbatda Uchqunbekning kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi bronza medalini keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Bog‘otliklar nomidan sportchining oila a’zolarini samimiy qutlab, el-yurtga munosib farzand tarbiyalagani uchun ota-onasiga rahmat aytdi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

6-09-2024, 09:16
Вернуться назад