Aholi muammolarini manzilli o‘rganish hamda ularga o‘sha mahallaning o‘zida yechim topish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda, bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor va tashkilotlar rahbarlarining Qalajiqqal’a mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yuzma-yuz muloqot formatida oʻtkazilgan uchrashuvda ishtirokchilarning muammoli masalalar, jumladan, uy-joy kadastri, elektr, davolanish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish kabi bir qator masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati