Bog‘ot tumanida 2024-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini yigʻib-terib olish, yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” boʻlib oʻtdi. Shu munosabati bilan “Kobotex” klasterida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, qishloq xoʻjaligi sohasi va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar hosilni yig‘ib olishdek mas’uliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan dehqonlarni tabrikladilar va barchani hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirdilar. Shundan so‘ng, xirmon uyilgan karvonlar oʻlchov punkti tomon yoʻl oldi. Maʼlumot uchun, joriy yilda tumanda 6 243 gektar yer maydoniga chigit ekilgan boʻlib, paxtakor bobodehqonlar tomonidan 23 600 tonnalik paxta xirmoni qabul punktlariga topshirish rejalashtirilgan. Buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, hosilni tashish uchun yetarli texnika vositalari shay holatga keltirilgan.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati