DataLife Engine / Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar

Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar


Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-222-sonli “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni zamonning oʻzi taqozo qilayotganligi, bu borada aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida oʻrnatilayotgan quyosh panellari hamda zamonaviy energotejamkor gaz jihozlarining oʻrni katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, seminar doirasida energiya tejovchi uskunalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
13-09-2024, 15:55
Вернуться назад