DataLife Engine / Tuman hokimi sport maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi

Tuman hokimi sport maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi


Tuman hokimi Jahongir Nazarov yaqinda Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida para-dzyudo boʻyicha bronza medalini qo‘lga kiritgan bog‘otlik sportchi Uchqun Quronboyev murabbiylik qiluvchi Bogʻot tuman olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi hamda shu yerda tahsil oluvchi sportchi yoshlar bilan uchrashdi. Tuman hokimi o‘quvchilar bilan suhbatda Bog‘ot tumanida Uchqun Quronboyevdek Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari faoliyatini targʻib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilayotgani haqida so‘z yuritdi hamda ushbu sport maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarni Uchqunbek singari yuqori malakali murabbiy va mutaxassislardan ta’lim olib, mahoratlarini muntazam oshirib borishlari zarurligini ta’kidladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
18-09-2024, 16:05
Вернуться назад