Aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolariga oqilona yechim topish maqsadida joylarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning sayyor qabullari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi Sohibkor mahallasida tashkil etildi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman 1-sektor rahbariga tumanning turli hududlaridan kelgan 16 nafar fuqaro turli ijtimoiy masalalarda murojaat qilishdi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi. Ma’lumot uchun, aholi muammolarini eshitish va ularni hal qilish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har haftaning payshanba kuni tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati