DataLife Engine / Tuman hokimi jazoni ijro etish muassasalaridan muddatidan oldin shartli ozod etilgan fuqarolar bilan uchrashdi

Tuman hokimi jazoni ijro etish muassasalaridan muddatidan oldin shartli ozod etilgan fuqarolar bilan uchrashdi



Davlatimiz rahbarining Mustaqillik bayrami arafasida qabul qilingan farmoni bilan Bogʻot tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh shaxslar ham afv etilgandi. Bugun, tuman hokimi Jahongir Nazarov sektor rahbarlari bilan birgalikda afv etilgan fuqaro bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida uning ijtimoiy muammolari, kelgusidagi rejalari oʻrganildi. Afv etilgan fuqarolarga Prezidentimizning ishonchini oqlab, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, yuz berayotgan oʻzgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi boʻlishi lozimligi tushuntirildi. Tuman hokimi mutasaddilarga afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
25-09-2024, 09:45
Вернуться назад