DataLife Engine / Chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari oilalari uchun yangi xizmat uylari va 25 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Chegarani qoʻriqlash vzvodi harbiylari oilalari uchun yangi xizmat uylari va 25 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi


Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Joʻrabek Raximov hamda Bog'ot tumani hokimligi vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida toʻxtaldilar. Yangi binolar energiyatejamkor konstruksiyalardan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan boʻlib, barcha qulayliklarga ega. Hududda ish boshlagan 25 o'rinli maktabgacha taʼlim tashkilotida esa harbiy oilalarning farzandlari taʼlim-tarbiya oladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
24-09-2024, 14:30
Вернуться назад