DataLife Engine / Tayinlov

Tayinlov


Alimova Gulshoda Bekjonovna – Bog‘ot tumani hokimining o‘rinbosari – tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Alimova Gulshoda Bekjonovna – Bog‘ot tumani hokimining o‘rinbosari – tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlandi. Tayinlovga qadar Alimova Gulshoda Oq tepa mahallasi xotin-qizlar faoli lavozimida faoliyat yuritgan. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat hokimining oʻrinbosari - viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nigora Qutlimurotova, tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda faollar masʼuliyatli vazifalarni bajarishda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi yangi rahbariga muvaffaqiyat tiladilar.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
26-09-2024, 18:00
Вернуться назад