DataLife Engine / Sayyor qabul

Sayyor qabul


Bugun Kadastr agentligi binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 16 nafar fuqaro 18 ta masala bo‘yicha murojaat qildilar. Jumladan, davolanish, moddiy yordam, elektr, bandlik, uy-joy ta’miri, quyosh panellari o‘rnatishda amaliy yordam hamda probatsiya hisobida turuvchi yoshlar muammolari yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
26-09-2024, 13:30
Вернуться назад