Tuman hokimi Jahongir Nazarov Beruniy mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuvda tuman rahbari yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashdi. Muloqot davomida yoshlarning IT yo‘nalishida tahsil olish, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash, sport to‘garaklari faoliyatini tashkillashtirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan tuman rahbari yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganini ta’kidlab, yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal qilish maqsadida bevosita rahbar va yoshlar formatidagi uchrashuvlar har hafta o‘tkazib kelinayotgani haqida to‘xtaldi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati