Bugun Bogʻot tumanida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Umidbek Yoqubov oʻzining mashaqqatli mehnati, ijodiy salohiyati bilan jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan oʻqituvchi-murabbiylarni, nuroniy ustoz-faxriylarni samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng bugungi kunda taʼlim tizimining barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, goʻzal taronalar esa oʻyin-kulgularga ulanib, barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati