Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jismoniy chiniqtirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun Besh tashabbus olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida sportning qo‘l to‘pi turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar tuman hokimi Jahongir Nazarov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tuman hokimi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan jamoa vakillariga kelgusidagi musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilishni tiladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati