Bugungi kunda Bog‘ot tumanida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning uy sharoitida daromad olishiga koʻmaklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari”da turuvchi xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi xotin-qizlarning jamiyatda faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash-birlamchi ahamiyatga ega dolzarb vazifa ekanligini taʼkidlab, oʻz ustida ishlashni, oʻz-oʻzini band qilishni xohlovchi har bir fuqaro uchun, albatta, yordam berilishini, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilish xususida to’xtaldi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati