Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash, gender tengligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Gendir tenglik-faoli-2024” milliy tanlovining Bog'ot tuman bosqichi o‘tkazildi. Tuman bosqichida hududdagi faol xotin-qizlar ishtirok etib g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tuman hokimining o'rinbosari - oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Gulshoda Alimova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati