DataLife Engine / Bog'ot tumanida "Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

Bog'ot tumanida "Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi


Bugungi kunda Bog‘ot tumanida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ayollar bandligini ta’minlash, shu orqali ularning doimiy daromad manbaini shakllantirish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimligida tashkil etilgan "Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusidagi ochiq muloqotda tuman miqyosida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish masalalari, ana shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, yutuq va muammolar atroflicha muhokama etildi.

4-09-2024, 11:00
Вернуться назад