Davlatimiz rahbarining 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 330-sonli qaroriga asosan respublika bo‘ylab eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlab olinib, 2024-2025-yillarda mazkur mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash, ularda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash maqsadlari uchun jami 3,2 trillion soʻm pul mablagʻlari ajratilishi belgilandi. Bugun, tuman hokimi Jahongir Nazarov Prezident qaroriga asosan Bog‘ot tumanidan tanlab olingan Navbahor, O‘zbekiston, Bog‘zor, Gulzor, Nayman va Nurli maskan mahallalari faollari, tegishli tashkilot vakillari bilan uchrashdi hamda ushbu mahallalarni har tomonlama jadal kompleks rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan pul mablag'larining maqsadli yo'naltirilishini muhokama qildi, bu boradagi takliflarni tingladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati