DataLife Engine / Sayyor qabul

Sayyor qabul


Bugun O‘zgarish mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, moddiy yordam, uy-joy kadastri, ish haqi kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi. Ma’lumot uchun, har haftaning payshanba kuni mahallalarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
10-10-2024, 18:31
Вернуться назад