Qalajiqqalʼa mahallasidagi chegarani qoʻriqlash vzvodida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yurtga sadoqatli, el tinchligini asrashga qodir boʻlgan, chin maʼnodagi vatanparvarlar sifatida ulgʻayishlarini taʼminlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarni sohaga qiziqishlarini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi. Shundan soʻng, yoshlar harbiy qismda sarhadlarimiz posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati