Tuman hokimi Jahongir Nazarov Paxtaobod mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuvda tuman rahbari yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashdi. Muloqot davomida yoshlarning ishga joylashish, subsidiya asosida kompyuter yetkazib berish, moddiy yordam, kadastr kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi. Tuman hokimi uchrashuvda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli masʼul rahbarlarga qoʻshimcha topshiriqlar berdi hamda uchrashuvdan so‘ng yoshlarning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati