DataLife Engine / Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!


Bog'ot tumanidagi 14-son Bolalar musiqa va san'at maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi vakillari, madaniyat va san'at namoyandalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbirda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, uning tarixi va rivojlanishi haqida ma'ruzalar tinglandi. Ona tilimizni madh etuvchi she'rlar aytildi, musiqiy chiqishlar va raqslar namoyish etildi. Tadbirning o‘ziga xos jihati sifatida o‘zbek tilining go‘zalligi va boyligini ta’kidlaydigan badiiy sahnalar tashkil etildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
19-10-2024, 17:30
Вернуться назад