Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz yigirmanchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiyada Bog‘ot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilning III choragi davomida tumandagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi, tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan tegishli masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati