Yoshlarning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda yurtimizning turli hududlarida bo‘lgani kabi Bog‘ot tumanida ham yoshlarni huquqiy bilimlar bilan boyitishga qaratilgan kompleks tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga yoshlar faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Yoshlar sayli”dir. Targ‘ibot tadbirlari doirasida yoshlarga “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi” “UzChess” kabi bepul platformalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilib, “Yosh saylovchi” viktorinalari tashkil etildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati