Bugun tuman hokimligida "Ijtimoiy tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari" mavzusida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda tumandagi tegishli tashkilot vakillari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Yig'ilishda so'zga chiqqan mutasaddilar ijtimoiy tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan qilinayotgan ishlar bo'yicha yig'ilganlarga ma'lumot berdilar hamda ishtirokchilarning savollariga javob berdilar. Shuningdek, muloqotda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o'rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha aniq reja va topshiriqlar belgilab olindi