Tuman hokimi Jahongir Nazarov Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o'rgandi. Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning ishga joylashish, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi. Tuman hokimi yoshlar bilan samimiy suhbat qilib, har birining hayot tarzi bandligi, qiziqishlari va maqsadlarini o‘rganib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Yoshlarning murojaatlari atroflicha tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati