Bugungi kunda mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudi hamda Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudi raisi tomonidan Bog‘ot tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘tkazilgan davra suhbatida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, protsessual qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jonli muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.