Yaqinda Qozog'istonning Shimkent shahrida sportning shotokan Karate-do turi bo'yicha o’tkazilgan jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan Bogʻot tuman sport maktabi o'quvchilari 2 ta oltin, 1 ta kumush hamda 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov sportchi yoshlar va ularning ustozlari bilan uchrashdi, ularni erishilgan natijalar bilan yana bir bor muborakbod etib, munosib taqdirladi hamda kelgusidagi musobaqalarda omad tiladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati