Bugun Bog‘ot tumanida fermer xoʻjalik rahbarlari, o‘rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatilishining qulayliklari va afzalliklari yuzasidan kо‘rgazmali о‘quv-seminar tashkil etildi. Bog‘ot tumani hokimligi va viloyat prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni zamonning oʻzi taqozo qilayotganligi, bu borada aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida oʻrnatilayotgan quyosh panellari hamda zamonaviy energotejamkor gaz jihozlarining oʻrni katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Soha vakillari tomonidan qayta tiklanuvchi, energiya manbalarining afzalliklari, ularni о‘rnatgan iste’molchilarga beriladigan imtiyozlar bо‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, seminar doirasida energiya tejovchi uskunalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati