Bugungi kunda Bog‘ot tumanida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh ishsiz fuqarolarga ularning murojaatlari bo‘yicha subsidiya asosida havo kompressori, motokultivator hamda tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatda bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidlab, yoshlarga oilalar turmushi va daromad manbalarini yaxshilash bo‘yicha o‘zining bir qator tavsiyalarini berdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati