Bugun tuman hokimligida 25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tuman ichki ishlar organlarida koʻp yillardan buyon sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh faol xodimlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishdek masʼuliyatli va sharafli xizmatni ado etayotgan soha xodimlarini samimiy tabrikladi hamda bir guruh xodimlarni oʻzining tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati