DataLife Engine / Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi


Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov Navbahor mahallasida istiqomat qiluvchi, oʻziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi oilalar bilan muloqot chog‘ida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidlab, xonadon egalariga oilalar turmushi va daromad manbalarini yaxshilash bo‘yicha o‘zining bir qator tavsiyalarini berdi. Shuningdek, tuman rahbari xonadon egalari bilan suhbatda oldingi muloqotlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi hamda bu yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
5-11-2024, 23:11
Вернуться назад