DataLife Engine / Xalq deputatlari Bog’ot tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Bog’ot tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi


Bugun xalq deputatlari Bog’ot tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi. Sessiyada xalq deputatlari Bog’ot tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Sessiyada Nazarov Jahongir Baxramovich Bog’ot tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
6-11-2024, 13:43
Вернуться назад