Tuman hokimi Jahongir Nazarov Bog‘zor mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashib, joriy yilda mahalla hududida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, Bog‘zor mahallasi infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yil yakuniga qadar qilinadigan ishlarni tahlil qildi. Shuningdek, kelgusi 2025-yilda mahallani har tomonlama jadal rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi hamda ularning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati