DataLife Engine / Bog'ot tumanlararo iqitisodiy sudi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Bog'ot tumanlararo iqitisodiy sudi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazildi


Bugun tuman hokimligida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tadbirkorlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Bog‘ot tumanlararo iqitisodiy sudi tomonidan bir guruh fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Akram Turakulov, boshqa hamkor taqshkilot vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi. Muloqotda sudyalar tomonidan qonunchiligimizda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish yoki mulkdorlar huquqini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning qatʼiy javobgarligi belgilab qo‘yilganligi, tadbirkorlarning huquqlari buzilgan taqdirda maʼmuriy sudga murojaat qilish bo‘yicha aniq misollar bilan tushuntirishlar berildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

13-11-2024, 13:30
Вернуться назад