DataLife Engine / Qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha seminar

Qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha seminar



Bugun Qalajiqqal’a mahallasidagi “O‘tkirbek Ilhomboy o‘g‘li” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda so‘zga chiqqanlar tumanimizda ariqlar va kanallarni toʻliq bosqichma-bosqich betonlab borish, klaster va fermer xoʻjaliklariga suv tejovchi texnologiyalarni jalb qilish, kanallarda suv yoʻqotishlarni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr yuritdilar. Shuningdek, seminar doirasida energiya tejovchi uskunalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ma’lumot uchun, joriy yil oxirigacha Bog‘ot tumanidagi 88,6 km uzunlikdagi ichki ariqlarni betonlash rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida 442 ming kub suv tejalashi kutilmoqda.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati

18-11-2024, 20:30
Вернуться назад