Bugun xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimi Jahongir Nazarov ham ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni qo‘llab-quvvatlash, tumanda zaxira yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish va yer maydonlaridan samarali foydalanish holati hamda boshqa masalalar kiritildi. Shuningdek, sessiyada kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari ham eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati