Bugungi kunda Bog‘ot tumanida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman hokimi Jahongir Nazarov sektor rahbarlari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh yoshlarga ularning murojaatlari bo‘yicha subsidiya asosida payvandlash uskunasi hamda tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatda bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidlab, yoshlarga oilalar turmushi va daromad manbalarini yaxshilash bo‘yicha o‘zining bir qator tavsiyalarini berdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati