Bugun Hurriyat mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning moddiy yordam, davolanish, bandlik, uy-joy ta’miri, uy-joy kadastri kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar ham berildi. Ma’lumot uchun, har haftaning payshanba kuni mahallalarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.