Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov sektor rahbarlari bilan birgalikda "Ayollar daftari" hamda “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh xotin-qizlarga ularning murojaatlari bo‘yicha subsidiya asosida tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman rahbari xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash-birlamchi ahamiyatga ega dolzarb vazifa ekanligini taʼkidlab, oʻz ustida ishlashni, oʻz-oʻzini band qilishni xohlovchi har bir fuqaro uchun, albatta, yordam berilishini, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilish xususida to’xtaldi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati